«yoshlar daftari» tegli maqolalar


O‘zbekistonda moddiy yordamga muhtoj oilalarning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi
26 yanvar 2023, 09:33

O‘zbekistonda moddiy yordamga muhtoj oilalarning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi

Shavkat Mirziyoyev kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangidan tashkil etishni buyurdi. Bunda «Temir daftar», «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» bir tizimga birlashtiriladi, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi. 2023 yilda yana 1 mln aholini kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilmoqda.

Xorijiy tilni o‘rganish, davolanish, ijara kompensatsiyasi, moddiy yordam — yoshlar uchun subsidiyalar joriy etildi
10 iyun 2022, 16:58 1

Xorijiy tilni o‘rganish, davolanish, ijara kompensatsiyasi, moddiy yordam — yoshlar uchun subsidiyalar joriy etildi

Hukumat qaroriga ko‘ra, «Yoshlar daftari»dagi va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga 1 mln 200 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam beriladi. Yangi yosh oilalarga uy qurish uchun garovsiz kredit, ijara kompensatsiyasi, davolanish va til o‘rganish uchun moddiy yordam — yoshlar uchun qator subsidiyalar joriy qilindi.

DXMlarda o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi
21 aprel 2022, 12:55

DXMlarda o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi

1 iyundan davlat xizmatlari markazlarida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi joylar tashkil etiladi. Shuningdek, DXMlardagi bank shoxobchalarida to‘lov amalga oshirilganda, foizgacha bo‘lgan bank komissiyasi olinmaydi. «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar OTMlarga kirish imtihonlari uchun to‘lovdan ozod qilindi.

«Men vatanimga kerakligimni his qildim». Prezident «Yoshlar daftari» orqali o‘z ishini boshlagan qizga xonadon sovg‘a qildi
29 iyun 2021, 14:32

«Men vatanimga kerakligimni his qildim». Prezident «Yoshlar daftari» orqali o‘z ishini boshlagan qizga xonadon sovg‘a qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yoshlar daftari» orqali kredit olib, o‘z ishini boshlagan qizga maktub yo‘lladi. Davlat rahbari maktubida Aziza va uning onasiga 3 xonali uy berilishini ma’lum qildi.

Yoshlar uchun yangi subsidiya va imtiyozlar — prezident yangi farmonni imzoladi
22 aprel 2021, 14:25 4

Yoshlar uchun yangi subsidiya va imtiyozlar — prezident yangi farmonni imzoladi

1 maydan “yoshlar daftari"ga kiritilganlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun subsidiyalar beriladi. 25 yoshgacha bo‘lgan ish beruvchilarga 2023 yilgacha ijtimoiy soliq qaytarib beriladi. Toshkentda ijarada yashayotgan talabalarga ijara to‘lovining BHMning 1, viloyatdagilarga esa 0,5 baravar miqdoridagi qismi qoplab beriladi.

«Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga 980 ming so‘mgacha bir martalik yordam ko‘rsatiladi
12 mart 2021, 20:19 2

«Yoshlar daftari»ga kiritilganlarga 980 ming so‘mgacha bir martalik yordam ko‘rsatiladi

Hukumat qarori bilan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha (980 ming so‘m) miqdorda bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi. Shuningdek, daftarga kiritilganlarning OTM shartnoma pulini 50 foizini to‘lab berish, xorijda davolanish xarajatlarining BHMning 50 baravaridan oshmagan qismi qoplab beriladi.

«Temir daftar» muqobillari — «yoshlar» va «ayollar» daftarlari shakllantiriladi
20 avgust 2020, 22:44

«Temir daftar» muqobillari — «yoshlar» va «ayollar» daftarlari shakllantiriladi

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda «temir daftar"lar singari, ishsiz yoshlar bo‘yicha alohida («Yoshlar daftari»), ishsiz va boquvchisiz xotin-qizlar bo‘yicha alohida («Ayollar daftari») ro‘yxatlar shakllantirish topshirildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting